Banklar tomonidan sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi Banklar tomonidan sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami: 3730, 18.12.2025-y.). Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unga koʻra, sindikatlashgan kredit qarz oluvchini birgalikda moliyalashtirish uchun bank sindikati ishtirokchilari tomonidan ajratiladigan kredit hisoblanadi.
Bank, xorijiy bank, xalqaro moliya tashkiloti yoki roʻyxatdan oʻtkazgan davlat qonunchiligiga muvofiq kredit ajratishga haqli boʻlgan chet el yuridik shaxsi bank sindikati ishtirokchisi boʻlishi mumkin.
Shuningdek, qarz oluvchi bankka sindikatlashgan kredit olish haqida ariza bilan murojaat qiladi.
Bank sindikatlashgan kredit ajratish mumkinligi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, qarz oluvchi bilan sindikatlashgan kreditning dastlabki shartlarini kelishib oladi.
Bundan tashqari, yetakchi ishtirokchi bank sindikatida ishtirok etishi mumkin boʻlgan potensial ishtirokchilarga qarz oluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan bank sindikatida ishtirok etish boʻyicha taklifni yuboradi.
Bank sindikati sindikat ishtirokchilari oʻrtasidagi yozma kelishuv asosida tuziladi va unda sindikat ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, huquq va majburiyatlar belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring