Baxtiyor Saidov Qatar Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

18:19 01 Mart 2026 Siyosat
251 0

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlati Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy janoblari bilan telefon orqali muloqot qildi.

“Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashdik. Qatar bilan birdamligimizni bildirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy hamdardligini yetkazdik”, — deydi Saidov.

Shuningdek, muloqot davomida suverenitet, hududiy yaxlitlik va kuch ishlatmaslik tamoyillariga qatʼiy rioya qilish muhimligini taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер