Baxtiyor Saidov Germaniyaning mamlakatimizdagi elchisi Tilo Klinner bilan uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov 2023-yil 12-yanvar kuni Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqot ijobiy surʼatlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tomonlar ikki va koʻp tomonlama shakllarda rejalashtirilgan tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Oʻzbekiston va Germaniya savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini diversifikatsiya qilish va qoʻshma korxonalar sonini koʻpaytirishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.
Madaniyat, taʼlim va fan sohalarida Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligini kengaytirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring