Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Arakchi janoblari bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Soʻnggi voqealar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar boʻlgani munosabati bilan taʼziya izhor etib, jabrlangan oilalarga nisbatan hamdardligimizni bildirdik. Hamkasbim bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qildik va har qanday keyingi keskinlashuv jiddiy gumanitar va xavfsizlik oqibatlariga olib kelishi mumkinligini qayd etdik”, — deydi Baxtiyor Saidov.
Shuningdek, Oʻzbekiston TIV barcha kelishmovchilik va nizolar faqat tinch yoʻl bilan – muloqot va diplomatiya orqali hal etilishi lozimligi haqidagi qatʼiy va izchil pozitsiyani yana bir bor tasdiqlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring