Bakalavriat boʻyicha 3 yillik taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi
“Taʼlim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-54-son, 02.02.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi.
Loyiha ofisi 2024-yilda quyidagilarni amalga oshiradi, jumladan:
— pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tahlil qilish;
— professional taʼlimdan soʻng oliy taʼlimni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, 3-yillik taʼlim dasturlari asosida amaliy bakalavriat boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
— taʼlim sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
2024-yil 1-sentyabrgacha oʻquvchilar (talabalar)ning egallagan bilimini va pedagoglarning malakalarini baholash tizimi xalqaro tajribalar asosida takomillashtiriladi.
2024–2025-yillarda:
— Professional taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatori – Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga, taʼlim dasturlari esa – yangilangan kasbiy standartlar va malaka talablariga moslashtiriladi;
— kamida 14 ta professional taʼlim muassasalarining faoliyatiga tajriba-sinov tariqasida xalqaro taʼlim dasturlari, kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasi faoliyatiga – zamonaviy boshqaruv usullari va taʼlim sifatining yuqori standartlari joriy qilinadi;
— pedagogika, qishloq va suv xoʻjaligi, texnika, axborot texnologiyalari hamda iqtisodiyot sohasiga oid taʼlim yoʻnalishlarining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring