Bayram kunlarida ovqatlanishda eʼtiborli boʻling: Sogʻliqni saqlash vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi
Yangi yil bayrami munosabati bilan aholi oʻrtasida anʼanaviy ravishda turli xil taomlar tayyorlanib, dasturxonlar bezatiladi. Biroq bu kunlarda ovqatlanish tartibiga eʼtiborsizlik bilan yondashish inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Tibbiy kuzatuvlarga koʻra, bayram davrida yogʻli, qovurilgan, tuz va shakar miqdori yuqori boʻlgan taomlarning meʼyordan ortiq isteʼmol qilinishi oshqozon-ichak tizimi, jigar, yurak-qon tomir hamda qand almashinuvi jarayonlariga ortiqcha yuklama boʻladi. Ayniqsa, surunkali kasalliklari bor bemorlarda bunday holatlar xastalikning zoʻrayishiga olib kelishi mumkin.
Shu munosabat bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi bayram kunlarida ovqatlanishda quyidagi tavsiyalarga amal qilishni maslahat berdi:
- qovurilgan va ogʻir hazm boʻladigan taomlar oʻrniga qaynatilgan, dimlab yoki bugʻda tayyorlangan ovqatlarni tanlash;
- mayonezli salatlar, qayta ishlangan goʻsht mahsulotlari hamda tuzli taomlar ulushini cheklash;
- sabzavot, koʻkat va tabiiy mevalarga ustuvorlik berish;
- shirinliklarni meʼyorda isteʼmol qilish, shakarli ichimliklar oʻrniga toza ichimlik suvi yoki koʻk choy ichish;
- ovqatni sekin, belgilangan vaqtda isteʼmol qilish, kechki payt esa ogʻir taomlardan voz kechish.
Bayram kunlari yetarli miqdorda suv ichish organizmda moddalar almashinuvini qoʻllab-quvvatlab, umumiy ahvolni barqaror saqlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi fuqarolarni Yangi yil bayramini xursandchilik va yaxshi kayfiyat bilan, biroq salomatlikka masʼuliyat bilan yondashgan holda oʻtkazishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring