Bahorning bir kuni yilni boqadi!

19:01 14 Aprel 2023 Jamiyat
742 0

Foto: Xalq so'zi

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik va Bag‘dod tumanida qishloq xo‘jaligitda muhim agrotexnik tadbirlarga bag‘ishlangan amaliy seminarlar o‘tkazildi 

Qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lgan paxtachilikda g‘o‘za parvarishida birinchi kompleks agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, Uchko‘prik va Bag‘dod tumanida g‘o‘za, g‘alla parvarishi hamda pilla yetishtirish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarlar tashkil etildi. Tadbirda viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari, tumanlar hokimlari va sektorlari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari, fermerlar hamda daxldor mutasaddi idoralar vakillari qatnashdi. 

Tadbirda yuqori hosildor qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, kimyoviy o‘g‘itlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ochiq maydonda zamonaviy agrotexnika vositalarini g‘o‘za qator oralariga dastlabki sifatli ishlov berish uchun tayyorlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Qulay ob-havo natijasida bugungi kunda viloyatda qariyb 90 foiz dalalarga qadalgan chigitlar unib chiqib ulgurgani qayd etilib, g‘o‘za nihollariga dastlabki sifatli ishlov berishni ta’minlash – mo‘l hosil garovi ekani ta’kidlandi.

Klaster korxonalari tomonidan dastlabki ishlov davri uchun fermerlarga zarur o‘g‘it va yoqilgi zaxirasini yetarli shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Paxta hosildorligini oshirish maqsadida respublika qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun ruxsat etilgan yuqori samarali, ekologiya jihatidan xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni qo‘llash zarurligi qayd etildi. 
 Yuzma-yuz muloqotda fermer xo‘jaliklarining dala chetlaridagi yer maydonlaridan to‘liq foydalanilmayotgani tanqid qilinib, Uchko‘prik va Bag‘dod tumanlarida bu borada amalga oshirishga kirishilgan ishlar natijalari tahlil qilindi. Klasterlar rahbarlariga hamda fermerlarga dala chetlaridagi maydonlarni o‘zlashtirib, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari, tok, tut, terak kabi daraxtlar ekish, zovur va suv bo‘ylarida parranda boqish hamda asalari uyasi joylashtirish yuzasidan aniq vazilar belgilab olindi.

Davlatimiz rahbarining qarori bilan 2023 yil 1 apreldan tajriba tariqasida respublika byudjetidan paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish tartibi joriy etilgani qayd etilib, viloyatdagi barcha fermer xo‘jaliklariga bir oy muddatda o‘z ishchi-xodimlarini mehnat qonunchiligiga asosan rasmiylashtirish tavsiya etildi. 

O‘z navbatida tadbirda g‘allachilik va pilla yetishtirishga tayyorgarlik bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish masalasi ham kelishib olindi.

Seminar ishida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер