Bahodir Jalolovdan yana nokaut koʻramizmi?
6-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida professional boks oqshomi boʻlib oʻtadi. Unda superogʻir vazn toifasidagi bokschimiz, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov ham ringa koʻtariladi.
Jalolovga oʻsha kuni fransiyalik yana bir tajribali bokschi Devid Spilmond raqiblik qiladi. 4-yanvar kuni bokschilar “face to face” marosimida ishtirok etishdi.
Maʼlumot uchun, Jalolovning raqibi Devid Spilmont shu kunga qadar 27 ta jang oʻtkazib, 16 gʻalaba, 8 magʻlubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Gʻalabalarining 11 tasini nokaut orqali qoʻlga kiritgan.
Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan.
Eslatib oʻtamiz, Jalolov oʻzining professional boksdagi soʻnggi jangini 2023-yil 17-noyabr kuni JAR vakili Kris Tompsonga qarshi oʻtkazib, ilk raunddayoq nokaut orqali gʻalabaga erishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring