Bahodir Jalolov va Shahram Gʻiyosovning boks qoʻlqoplari kimoshdi savdosida sotildi

14:11 21 May 2024 Sport
276 0

Foto: Telegram / Abror Zohidov

Oʻzbekistonlik mashhur profbokschilar — Bahodir Jalolov va Shahram Gʻiyosovning imzosi tushirilgan boks qoʻlqoplari kimoshdi savdosida sotildi. Bu haqda jurnalist Abror Zohidov Telegram kanalida maʼlum qildi

Unga koʻra, kurash asosan uch kishi: Toshkent viloyatidan Sarvar Kabirov oʻz hamkasblari bilan, jurnalist va huquqshunos Botirjon Shermuhammad hamda Chikagoda yashovchi oʻzbekistonlik Akmaljon Jumaboyevlar oʻrtasida kechgan.

Dastlab 10 ming soʻmdan boshlangan savdoga Akmaljon Jumaboyevning 50 mln soʻmlik taklifidan soʻng nuqta qoʻygan.

“AQSHda yashovchi doʻstimiz shu tarzda koʻrgazmalar va kimoshdi savdolarimiz tarixida absolyut rekord oʻrnatdi”, deydi Abror Zohidov.

Jurnalistning qoʻshimcha qilishicha, auksion gʻolibiga sovrinni sportchilarning shaxsan oʻzi topshirishi ham mumkin. Shuningdek, unga bemor boladan minnatdorlik ramzi sifatida alohida sovgʻa ham borligi aytilgan.

Maʼlumot uchun, kimoshdi savdosidan tushgan pullarning salmoqli qismi xorijda murakkab operatsiyasi uchun pul yigʻilayotgan 13 yoshli Nuraziz Saidov uchun sarflanadi.U oqqon degan ogʻir dard bilan kurashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер