“Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy filmining suratga olish ishlariga start berildi
– “Bir necha yil avval ushbu pavilyon ayanchli ahvolda edi, kino ishlab chiqarish zamonaviy uskuna-jihozlarni talab qilar edi. Bugungi kunda davlatimiz rahbarining kinematografiyani rivojlantirishga qaratayotgan eʼtibori tufayli rekonstruksiya qilinib, jahon andozalari darajasida filmlar suratga olish imkonini beruvchi uskunalar bilan jihozlandi. Shavkat Mirziyoyevning “Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga qutlov nutqini tinglab, bugun oʻzbek kinoijodkorlari uchun barcha yoʻllar ochiq ekanligiga yana bir bor amin boʻldim. Oxirgi ikki yil ichida biz jadal taraqqiyotni koʻra boshladik. Biz esa bundan keyin ham milliy kino sanʼatini jahon sahnalarida namoyish qilish, aziz tomoshabinlar uchun sifatli va qiziqarli kontent yaratish uchun bor kuch-gʻayratimizni ishga solamiz”, - deydi “Oʻzbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Odilov.
Yangi panoramali pavilyon eng yuqori zamonaviy badiiy va texnologik saviyada filmlar suratga olish imkonini beradi. Agar ilgari yirik blokbasterlar va jangovar filmlar xromakey yordamida suratga olingan boʻlsa, bugun Stage Craft texnologiyasidan foydalanish bilan hammasi global miqyosda oʻzgaradi. Texnologiya bitta pavilyonning oʻzida yuqori sifatli tasvirni olish imkonini beradi. Qimmatbaho dekoratsiyalar oʻrniga sahnaning orqa tomoniga kerakli atmosferani toʻliq yetkazib bera oladigan yirik choksiz LED panellar oʻrnatildi.
Natijada virtual olamning yuqori sifatli tasviri ekranda aks ettiriladi va operator kamerasiga hech qanday qiyinchiliklarsiz bogʻlanadi. Obyektlarning fondagi holatini kameraning joylashishiga qarab oʻzgartirish sifatli film suratga olish imkonini beradi. Stage Craft texnologiyasidan foydalangan holda siz istalgan burchakdan suratga olishingiz mumkin. Haqiqiy va virtual kameralarning kombinatsiyasi avtomatik ravishda obyektivni oʻzgartirishni taʼminlaydi. Virtual kamerani mustaqil ravishda ham, masalan, dinamik sahnalar uchun ham harakatlantirish mumkin.
Yangi pavilyonda kinofestival mehmonlari “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy filmining birinchi epizodi suratga olinganini koʻrishdi. Mehmonlar rejissyor kamerasida film qanday suratga olinayotganini shaxsan koʻrish, ijodiy jamoa va film aktyorlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar.
Film afsonaviy Samarqand Registonining yaratuvchisi – Bahodir Yalangtoʻsh haqida hikoya qiladi. U Registon maydonida “Sherdor” va “Tillakori” madrasalarini bunyod etgan. Toshkent xalqaro kinofestivalida “Oʻzbekfilm” kinokonsernining yangilangan pavilyonida namoyish etildi va “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy filmining suratga olish ishlariga start berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring