Bagʻdodda Niderlandiya lolalari yetishtirish va eksport qilish salmogʻi yanada ortadi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Bagʻdod tumanining Irgʻoli mahallasida istiqomat qiluvchi Shuhratjon Xursanov oʻz xonadonidagi issiqxonada jahon bozorida xaridorgir boʻlgan Niderlandiya lolalarini parvarishlab sotish orqali yiliga oʻrtacha 350-400 million soʻm daromadga ega boʻlmoqda.
Shu tariqa Niderlandiyadan keltirilgan 25 turdagi lola piyozchalari gidroponika usulida yetishtiriladi. Bu usulda urugʻ tuproqqa emas, suvga ekiladi. Xonadonda zamonaviy sovitish tizimiga ega moʻjazgina muzlatgichli omborxona ham tashkil etilgan. Boisi bunday haroratda saqlanganda uzib qadoqlangan gullar gʻunchalari kattalashadi hamda uzoq masofaga tashishga yaroqli boʻladi. Tabiiy holda saqlash imkoniyati kengayadi.

— Oʻz faoliyatimni kengaytirish maqsadida yangi biznes-reja tayyorlab, amaliy ishlarni boshlab yubordim, — deydi tajribali gulchi. — Ayni kunlarda Bagʻdod tumani hokimi Gʻanijon Soliyev xonadonimizda boʻlib, yangi rejamni maʼqulladi va tumanning Guliston shaharchasidan qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boʻsh yer maydoni ajratib beriladigan boʻldi.
Yaqin istiqbolda bu yerda issiqxonalar barpo etib, Niderlandiya lolalarini mahalliy iqlim sharoitiga yanada koʻproq moslashtirish, urugʻini oʻzimizda ekib koʻpaytirish boʻyicha amaliy saʼy-harakatlarga kirishamiz. Bu tumanimizda noyob gullar yetishtirish hamda eksport salmogʻini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring