Badiiy gimnastikachilarimiz guruh bahslarida ham Tokio — 2020 yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi
Kecha poytaxtimizda badiiy gimnastika boʻyicha litsenzion Osiyo chempionatiga start berilgan edi. Yaqinda musobaqaning guruh mashqi yakuniga yetdi. Musobaqaning ushbu dasturida ishtirok etgan qizlarimiz oʻz gʻalabalari bilan yurtdoshlarimizni xushnud etish barobarida Tokio-2020 Olimpiadasi yoʻllanmasiga ham sazovor boʻlishdi.
Musobaqa reglamentiga koʻra, Osiyo chempionatida yakkalik va guruh mashqi boʻyicha Tokio-2020 yoʻllanmalari oʻynaladi. Litsenziyalar faqat musobaqa gʻoliblariga taqdim qilinadi. Guruh mashqida ishtirok etgan hamyurtlarimiz 5ta toʻp, shuningdek, 3 ta halqa va 2 juft bulava dasturida raqobatchilarini sezilarli darajada ortda qoldirdi va eng yuqori natijani qayd etdi. Ushbu yoʻnalishda kumush medal Janubiy Koreya terma jamoasi, bronza medali esa tailandlik qizlarga nasib etdi.
Badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionati.
Guruh mashqi
1. Oʻzbekiston – 83.95
2. Janubiy Koreya – 61.90
3. Tailand – 43.95
Shu tariqa, murabbiy Yekaterina Pirojkova boshchiligidagi Nilufar Shomurodova, Kseniya Aleksandrova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoyeva hamda Kamola Ernazarovadan iborat terma jamoamiz Tokio-2020 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan boʻlishdi.
Eslatib oʻtamiz, bungacha hamyurtimiz Sabina Toshkenboyeva ham yakkalik bahslarida Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga sazovor boʻlgandi. Eʼtiborlisi, qizlarimiz badiiy gimnastikaning guruh mashqida ilk marotaba Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring