Azaliy doʻstlik va madaniy aloqalar mustahkamlandi

13:11 12 Noyabr 2024 Jamiyat
150 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahrida Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida madaniyat sohasidagi qoʻshma komissiyasining ilk yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Madaniyat vaziri oʻrinbosari Murodjon Majidov, bir guruh soha masʼullari hamda Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Batuhan Mumku boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etdi.

Yigʻilishda kino, teatr va sirk, ijodiy va amaliy sanʼat, madaniy meros va muzeyshunoslik, madaniy taraqqiyotni ilgari surish uchun zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan ijodiy sanoat sohasida, xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birining madaniyat sohasida taklif etilayotgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bilan bogʻliq yoʻnalishlarda tajriba almashish boʻyicha hamkorlik qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

— 2018-yil Turkiya Respublikasi Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida imzolangan madaniy aloqalarni rivojlantirish bitimi oʻtgan davr mobaynida ikki mamlakat oʻrtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi, — deydi Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Batuhan Mumku. — Bugungi yigʻilishda ham hamkorlikda film va sahna asarlari yaratish, YUNESKO, AYSESKO, TURKSOY va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda madaniy tashabbuslarni targʻib qilish borasida kelishuvga erishdik.

Yigʻilish yakunida ikki davlatning madaniyat sohasidagi qoʻshma komissiya ahdlashuv bayoni imzolanib, Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida madaniyat sohasida II qoʻshma komissiyasi yigʻilishini 2025-yilda Turkiyada oʻtkazishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?