Ayubxon Rahmatullayev Fargʻona viloyati IIBga rahbar boʻldi

20:41 29 Yanvar 2026 Jamiyat
365 0

Viloyat hokimligida Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, huquq-tartibot idoralari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlumot berdi.

Yigʻilish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra Ayubxon Toshxoʻjayevich Rahmatullayev Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangani maʼlum qilindi.

Maʼlumot uchun, Ayubxon Rahmatullayev tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Tezkor qidiruv departamenti boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?