Ayollarning uzoq umr koʻrish eliksiri fosh boʻldi

13:58 03 Iyun 2024 Dunyo
614 0

25-yillik tadqiqotlar natijasida ayollarning uzoq umr koʻrishiga sabab boʻluvchi “eliksir” aniqlandi. Oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, “Oʻrta Yer dengizi diyetasi” deb nomlanuvchi ovqatlanish ratsioni ayollarda oʻlim xavfini 23 foizga kamaytirishi mumkin. Tadqiqot Amerika Tibbiyot Assotsiatsiyasi (JAMA) jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotchilar 25 mingdan ortiq sogʻlom amerikalik ayollarni 25-yil davomida kuzatib ushbu xulosaga kelishdi. Ilmiy izlanish saraton va yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida erta hayotdan koʻz yumishni sezilarli darajada kamaytirishini isbotladi.

“Oʻrta Yer dengizi diyetasi”da yongʻoqlar, dukkakli mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar va toʻliq donalar kabi oʻsimlikka asoslangan oziq-ovqatlar, asosiy yogʻ sifatida zaytun moyidan foydalaniladi. Bundan tashqari, mazkur diyeta oʻrtacha miqdorda baliq, parranda goʻshti, sut mahsulotlari va tuxumni ham oʻz ichiga oladi.

Ratsionning sogʻliq uchun foydalari koʻplab tadqiqotlarda isbotlangan boʻlsa-da, yetarli darajadagi maʼlumotlar aynan shu tadqiqot orqali maʼlum qilindi.

Tadqiqotlarga boshchilik qilgan doktor Samia Mora uzoq umr koʻrish uchun parhezning muhimligini yana bir bor isbotlaganidan mamnun ekanligini bildirgan. Uning taʼkidlashicha, “Oʻrta Yer dengizi diyetasi”ga rioya qilish ayollar uchun juda ham foydali boʻlib, bu nafaqat uzoq umr koʻrish, balki oʻz goʻzalliklarini saqlab qolishga ham yordam beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер