Ayollar salohiyatini oshirishda taʼlim va reproduktiv salomatlik siyosatiga bagʻishlangan sessiya boʻlib oʻtdi
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi doirasida “Ayollar salohiyatini oshirishda taʼlim va reproduktiv salomatlik siyosati” mavzusidagi uchinchi sessiya tashkil etildi.
Sessiyaga Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Namoyandagon Majlisi Ijtimoiy masalalar, oila va sogʻliqni saqlash qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Sarvinoz Majidzoda moderatorlik qildi.
Shuningdek, mazkur sessiyada Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi senatori Gulnora Marufova ham nutq soʻzladi.
Muhokamada taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalari ayollarning inson kapitali, ijtimoiy-siyosiy faolligi va iqtisodiy mustaqilligini taʼminlaydigan asosiy omillar ekani taʼkidlandi.
Xususan, qizlar va ayollarning zamonaviy bilimlarga, STEM, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlik sohalaridagi taʼlimga teng yetishi muhim ekani qayd etildi.
Shu bilan birga, reproduktiv salomatlikni taʼminlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, huquqiy xabardorlikni kengaytirish va ayollar sogʻligʻini himoya qilish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham muhokama etildi.
Tadbir yakunida mintaqada taʼlim dasturlari, telemeditsina va onlayn taʼlim platformalaridan foydalanish, qishloq va shahar ayollari oʻrtasida imkoniyatlar tengligini taʼminlash, davlatlar oʻrtasida kadrlar almashinuvi va tajriba oʻrtoqlashishni kuchaytirish boʻyicha takliflar ilgari surildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring