Ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionati start oldi
Kecha, 2-mart kuni Avstraliyada ayollar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasiga start berildi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mazkur musobaqadagi ishtirokini boshladi.
Dastlabki oʻyinda Kotrina Kulbite boshqaruvidagi jamoa musobaqaning ikki karra chempioni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 3:0 hisobida koreyslarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda kiritilgan barcha gollarga “25-aprel“ jamoasi hujumchisi Myon Yu Jong mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi 2-turdagi oʻyinini 6-mart kuni oʻtkazadi. Ushbu bahsda Kotrina Kulbite jamoasiga Xitoy terma jamoasi raqiblik qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring