Avtobusda yoʻl haqini toʻlamagan 11,5 mingdan ortiq yoʻlovchi jarimaga tortildi

17:01 16 Fevral 2026 Jamiyat
431 0

Foto: Transport vazirligi

Oʻzbekistonda bir oyda jamoat transportidan chiptasiz foydalangan yoʻlovchilarga nisbatan nechta bayonnoma rasmiylashtirilgani ochiqlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Toshkent shahar yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan avtobuslarda yoʻl haqini toʻlamasdan harakatlanayotgan yoʻlovchilarga qarshi kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda. Joriy yilning yanvar oyidagi reydlar davomida shu kabi holatlarga yoʻl qoʻyganlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismiga asosan 11 502 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimalar qoʻllanilgan.

Maʼlumki, jamoat transporti tizimining barqaror ishlashi bevosita yoʻlkira tushumlariga bogʻliq. Har bir yoʻlovchining oʻz vaqtida va belgilangan tartibda yoʻlkira toʻlashi – avtobuslar muntazamligi, xizmat sifati va qulaylikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Aytish joiz, bu kabi huquqbuzarlik BHMning oʻndan bir qismi, yaʼni 41 200 soʻm miqdorida jarima tayinlanishiga sabab boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер