Avstraliyada elektron sigaretlar sotish taqiqlanmoqda
Yanvar oyidan Avstraliyada bolalar o‘rtasida nikotinga qaramlikning oldini olish uchun bir martalik elektron veyplar sotilishini taqiqlaydi.
Shuningdek, mamlakatda veyp ishlab chiqarish, reklama qilish va yetkazib berishni taqiqlovchi yangi qonunlar joriy etiladi. Bu rekreatsiyali veypingni butunlay tugatish kampaniyasining bir qismi.
Veyping chekishni tashlashning bir usuli sifatida targ‘ib qilindi, ammo Avstraliya sog‘liqni saqlash vaziri bu "yangi nikotinga qaramlik"ga olib kelganini aytdi.
2021 yildan boshlab shifokor retseptisiz elektron sigaretlarni sotib olish yoki olib kirish taqiqlangan, ammo taqiqlanganiga qaramay, giyohvandlik darajasi o‘sishda davom etmoqda.
Sidney universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lganlarning chorak qismi veypingdan foydalangan, Australia‘s Cancer Council tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu yosh guruhidagi o‘nta o‘smirdan to‘qqiztasi nikotin veypini bemalol sotib olishi mumkin.
Elektron sigaretalar importini taqiqlashga yetakchilik qilayotgan Mark Batlerning so‘zlariga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab bir martalik sigaretalar importi, mart oyigacha esa terapevtik bo‘lmagan qayta to‘ldiriladigan tamaki mahsulotlarini olib kirish taqiqlanadi.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, veypingning uzoq muddatli taʼsiri haqida yetarli maʼlumot yo‘q. Jons Xopkins universiteti tadqiqoti bu amaliyotni surunkali o‘pka kasalligi va astma bilan bog‘ladi. Veyping suyuqliklarini o‘rgangan avstraliyalik olimlar ular o‘pka sog‘lig‘iga taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan "kimyoviy moddalar majmuasini" o‘z ichiga olishi haqida ogohlantirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring