Avgust oyidan aholiga yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz narxi oshadi
Hozirgi kunda respublikamizdagi 6 million 143 ming iste’molchiga gaz yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda. Shundan 3 million 300 mingta uy-joy, 83 mingga yaqin ulgurji iste’molchi tabiiy, 2 million 760 ming aholi xonadonlari esa suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.
Bu haqda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika Kengashi ishtirokida tashkil etilgan konferensiyada aytib o‘tildi.
Ayni paytda 1 kilogramm suyultirilgan gaz Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida 700 so‘m, qolgan hududlarda esa 500 so‘mdan yetkazib berilyapti. Joriy yilning 1 avgustidan esa aholiga beriladigan 1 kilogramm suyultirilgan gaz barcha hududlar uchun bir xil — 800 so‘m yetib belgilanmoqda.
Anjumanda, shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda gaz ta’minoti korxonalari xodimlarining muomala va huquqiy madaniyatiga e’tibor qaratish, yuzaga keladigan nizoli va bahsli holatlarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yil boshida ishga tushirilgan zamonaviy “Call center” faoliyati bilan tanishdilar.
Tadbirda “O‘ztransgaz” AJ va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o‘rtasida Memorandum imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring