Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimi takomillashtiriladi
“Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 15-avgustdan Moliya vazirligining quyidagi funksiyalari auditorlarning jamoat birlashmalariga oʻtkaziladi:
▪️auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish;
▪️auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish;
▪️auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash.
Malaka imtihonlarini oʻtkazish reglamenti auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
2022-yil 1-avgustdan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining (tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalari) bakalavriat taʼlimi yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisligidagi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha auditning xalqaro standartlarini chuqur oʻrganishni nazarda tutuvchi yangilangan oʻquv dasturlari taʼlim jarayoniga joriy etiladi.
Shuningdek, 2021-yil oxirigacha “Huquq” va “Soliqqa tortish” yoʻnalishlari boʻyicha natijalari buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida qabul qilinadigan milliy malaka imtihonini oʻtkazish tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring