Atmosferadagi karbonat angidrid gazi hajmi 2017 yildan buyon eng yuqori miqdorga yetdi
Illyustrativ foto
Atmosferadagi karbonat angidrid gazi hajmi 2017 yildan buyon eng yuqori miqdorga yetdi, deyiladi BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti maʼruzasida.
Maʼlumki, Tinch okeanining markaziy qismidagi suv yuzasi iliqlashuvi bilan bogʻliq El-Nino hodisasi 2014 yil boshlanib 2016 yil yakunlangan edi.
Shunga qaramay atmosferaga chiqarilayotgan parnik gazlari hajmi kamaymayapti.
“Atmosferaga karbonat angidrid gazi hajmi koʻpayishini toʻxtatish uchun zudlik bilan harakat qilish kerak. El-Nino davridan soʻng bir yil ichida bu borada sezilarli pasayish kuzatilishi lozim edi. Lekin bu 2017 yilda roʻy bermadi. Karbonat angidrid gazi hajmi har 10 yilda barqaror oʻsib borayotir va bu xavotirlidir”, - deya qayd etib oʻtgan BMTning Jahon meteorologiya tashkilotining atmosfera tadqiqotlari boʻlimi boshligʻi Oksana Tarasova.
Maʼruzada taʼkidlanganidek, Iqlim boʻyicha Parij kelishuvi ishtirokchilari oʻz zimmalariga olgan majburiyatni bajarishlari uchun atmosferaga chiqarilayotgan karbonat angidrid gazi miqdorini 2021 yildan kechiktirmay kamaytirishlari darkor. Mazkur vazifa shu yil 2-14 dekabr kunlari Polshadagi Katovitse shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning iqlim boʻyicha konferensiyasida muhokama etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring