Atmosferada 6000-yil ichida sodir boʻlmagan hodisa kuzatildi
Illyustrativ foto
Atmosferadagi karbonat angidrid miqdori har qachongidan ham oshib ketgan. Joriy yilning dastlabki uch oyida karbonat angidrid(CO2)ning global oʻrtacha konsentratsiyasi oʻtgan yilning mart oyidagiga nisbatan 4,7 promillega yuqori boʻldi. Bu 12 oylik davrda CO2 darajasining rekord darajadagi oʻsishidir.
Olimlarning taʼkidlashicha, bu oʻsishga koʻplab ekstremal iqlim hodisalari, shuningdek, qazib olinadigan tabiiy boyliklarning koʻpayishi va oʻrmonlarning kesilishi kabi bir qator sabablar hissa qoʻshyapti.
San-Diyegodagi Skripps okeanografiya institutining CO2 dasturi direktori Ralf Kilingning aytishicha, joriy yilning dastlabki toʻrt oyida oʻsish surʼatlarini bu darajada jiddiy koʻrinish olishi bu xavotirli. Biz nafaqat CO2 konsentratsiyasi boʻyicha rekordlarni, balki uning qanchalik tez oʻsishi boʻyicha ham rekordni yangilayapmiz.
Atmosferadagi karbonat angidrid miqdori soʻnggi 6000-yil ichidan 280 promilledan 426 promillegacha oʻsgan.
Issiqlikni ushlab turuvchi gazning tez koʻtarilishi dunyoga kuchli issiqlik toʻlqinlari, toshqinlar, qurgʻoqchilik va oʻrmon yongʻinlari koʻrinishidagi halokatli iqlim buzilishi bilan tahdid qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring