Atlantika okeanidagi orollarda tropik oʻrmonlarning izlari topildi
Taxminan 30 million yil oldin Folklend orollari Atlantika okeanidagi yam-yashil tropik oʻrmonlarga boʻlgan. Buyuk Britaniyaning Sautgempton universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.
Hozirgi vaqtda Folklend orollari daraxtsiz oʻtloq landshaftiga ega. Iqlimi salqin: oʻrtacha oylik harorat yil davomida plyus 2 dan plyus 9 darajagacha. Yangi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, qadimgi davrlarda ular butunlay boshqacha koʻrinishga ega boʻlgan. Yaʼni Tierra del Fuego arxipelagida tropik oʻrmonlarga oʻxshash oʻrmonlar mavjud edi.
Tadqiqot davomida olimlar daraxtlar va gulchanglarning yaxshi saqlanib qolgan qoldiqlarini topdi. Ular choʻkindi namunalarini yigʻib, laboratoriya tahlilidan oʻtkazdi. Daraxtlarga oid aniq maʼlumotlarni aniqlay olishmadi. Ammo gulchang qoldiqlari 15-30 million yil avvalgi ekanligini maʼlum boʻldi. Olimlarning xulosasiga koʻra, bundan oʻn million yillar oldin Janubiy Atlantikadagi iqlim hozirgidan ancha issiq va namroq boʻlgan. Iqlimning quruqroq va sovuqroq iqlimga oʻzgarishi esa oʻrmonlarning yoʻq boʻlib ketishiga olib kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring