“Aston Villa” klubi qatorasiga beshinchi oʻyinda gʻalaba qozondi
Kecha, 19-oktyabr kuni Angliya Premyer ligasining 8-turidan oʻrin olgan bahslar yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Aston Villa” jamoasi Londonda “Tottenhem” bilan toʻqnash keldi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Rodrigo Bentankur hisobni ochdi. 37-daqiqada Morgan Rojers hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi boʻlimning 77-daqiqasida Emiliano Buendia hisobni 1:2 koʻrinishiga keltirdi. Yakuniy hisob ham aynan shunday boʻldi.
Shu tariqa “birmingemliklar” qatorasiga beshinchi oʻyinlarida gʻalaba qozonishdi.
“Tottenhem” — “Aston Villa” 1:2
Gollar: Bentankur (5) — Rojers (37), Buendia (77).
“Tottenhem”: Vikario, Porro, Danzo, van de Ven, Spens (Jonson, 86), Bentankur (Sarr, 86), Palinya, Quddus, Simons (Bergvall, 79), Odober (Kolo-Muani, 79), Tel (Risharlison, 60).
“Aston Villa”: Martines, Kesh, Konsa, Torres, Din (Matsen, 82), Onana (Barkli, 82), Kamara, Gessan (Buendia, 61), Rojers, Makgin, Malen (Uotkins, 61).
Ogohlantirishlar: van de Ven (22), Danzo (67).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring