Asalarichilik xoʻjaligiga debitorlik qarzlari undirib berildi
Prezidentning 2017-yil 16-oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmogʻini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori Navoiy viloyatida soha rivoji uchun imkoniyat eshiklarini yana-da kengroq ochdi.
Natijada bugun hududda 900 dan ziyod asalarichilik xoʻjaliklari faoliyat yuritib, ularda 54 mingta asalari oilasi boqilmoqda. Mazkur xoʻjaliklar faoliyati «Oʻzagroinspeksiya» viloyat boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olinib, huquqiy va zarur boʻlganida muammolarini hal etishda koʻmak berilmoqda.
Xususan, 400 qutidan ortiq asalari parvarishlanayotgan “Akmal Shifo Asali” naslchilik fermer xoʻjaligi raisi Sherzod Temirov «Oʻzagroinspetsiya» viloyat boshqarmasiga murojaat qilib, Karmana va Xatirchi tumanlarida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklariga yetkazib berilgan asalari oilasi toʻlovidan vujudga kelgan 54 million 620 ming soʻmlik debitorlik qarzini undirishda amaliy yordam soʻragan edi. Qarzdorlik inspeksiya xodimlari saʼy-harakati bilan toʻliq undirib berildi.
— Bundan tashqari, boshqarmamizga Navoiy viloyat asalarichilar assotsiatsiyasi “Akmal Shifo Asali” fermer xoʻjaligining naslchilik ishlarini meʼyorida olib borish, gulchangbop va nektarbop oʻsimliklar ekish uchun 10 gektar yerga ehtiyoji borligi, bu boʻyicha xoʻjalikka amaliy yordam koʻrsatilishini soʻrab yozma murojaat qilgan edi, - deydi boshqarmaning chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boʻlimi bosh inspektori Ziyodulla Toʻxtayev. – Mazkur masalada viloyat boshqarmasi tomonidan Qiziltepa tuman hokimligiga murojaat qilinib, asalarichilik xoʻjaligiga tumanda mavjud zaxira yer maydonlaridan taklif etildi.
Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring