Asakada yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi
Asaka tumanida xorijiy sarmoyalarni jalb etish va mahalliy sanoatni rivojlantirish borasida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Xitoylik investorlar ishtirokida transformatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy smart-zavod qurilishi ham shundan dalolat beradi. Ushbu loyiha qiymati 10 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu tashabbus mahalliy xomashyodan samarali foydalanish, yuqori texnologiyalarni joriy etish hamda tuman sanoati salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
— Yangi ishlab chiqarish quvvati faoliyat boshlashi bilan 50 nafardan ortiq aholi doimiy ish oʻrniga ega boʻladi, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Hamidillo Isroilov. — Bu esa nafaqat bandlik darajasini oshirish, balki aholining daromadini koʻpaytirish orqali tuman iqtisodiyotiga yangi surʼat bagʻishlaydi. Shu bilan birga, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini oʻzlashtirish yosh mutaxassislar uchun ham qimmatli tajriba maktabi vazifasini oʻtaydi.

Investorlar tomonidan bu boradagi ishlar bilan cheklanib qolinmasligi ham diqqatga sazovor. Ular 2026-yildan boshlab avtokar, metallokonstruksiya hamda poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qoʻshimcha zavodlar qurilishini rejalashtirgan. Ushbu yoʻnalishdagi izchil hamkorlik va ishonchli muhit Asakani viloyatdagi yirik sanoat markazlaridan biriga aylantirish yoʻlida muhim qadam boʻladi.
Saminjon HUSANOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring