Asakada er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida er-xotin koʻmirdan chiqqan is gazidan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Asaka tumani hokimligi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Viloyat IIB navbatchilik qismining xabariga koʻra, joriy yilning 7-dekabr soat 9:20 lar atrofida Asaka tumani, Uchtosh koʻchasida yashovchi 39 yoshli fuqaro M.A. va uning 38 yoshli turmush oʻrtogʻi M.A.ning jasadi yashash xonadonida qoʻlbola usulda yasalgan isitish pechiga solingan koʻmir yoqilgʻisidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanish alomatlari bilan topilgan.
Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi aʼzolari tomonidan koʻzdan kechirilib, fuqarolarning oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring