Artel Oʻzbekistonning Fitch Ratings agentligidan kredit reyting olgan birinchi xususiy ishlab chiqarish kompaniyasiga aylandi
Keyingi yillarda yurtimizda sanoat ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularni eksport qilish darajasini koʻpaytirishga eʼtibor qaratilmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda nafaqat davlat korxonalari, balki xususiy sektor vakillari ham oʻz oʻrniga ega boʻlib boryapti.
Oʻzbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biri Artel mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalari orasida birinchi boʻlib xalqaro “katta uchlik” reyting agentliklaridan biri —Fitch reytingida “B” barqaror reytingiga ega boʻldi. Bu haqida Fitch Ratings rasmiy saytida eʼlon qilindi. Shunday qilib, Artel Oʻzbekistonning xalqaro reytingda oʻrin olgan birinchi xususiy ishlab chiqarish kompaniyasiga aylandi.
Fitch oʻz hisobotida Artel kompaniyasini “mahalliy bozordagi yetakchi mavqega ega”, “faoliyatidan olinadigan kutilgan barqaror fondlari” va xalqaro miqyosda taniqli, sifatli maishiy texnika ishlab chiqaruvchilar bilan “muvaffaqiyatli va uzoq muddatli hamkorlikka ega”, deb taʼrifladi. Reyting kompaniyaning moliyaviy va tijorat boʻyicha holatini izchil baholashga asoslangan va u kompaniyaning ishonchli qarz oluvchi sifatida mustaqil koʻrsatkichi boʻlib xizmat qiladi.
“Biz bugun birinchi Fitch reytingini qabul qilganimizdan faxrlanamiz. Bu Artel jamoasining oylab mashaqqatli mehnatining samarasi hisoblanadi, chunki biz korporativ boshqaruvning eng yaxshi global standartlariga amal qilishga harakat qilib kelmoqdamiz. Bunday reyting hamkorlarimiz bilan munosabatlarimizni yana-da mustahkamlashga imkon beradi, yangi moliyalashtirish manbalariga yoʻl ochib, xalqaro kapital bozorlariga kirish uchun keyingi qadam boʻlib xizmat qiladi”, – deydi “Artel Electronics” MCHJ Boshqaruv raisi oʻrinbosari Bektemir Murodov.
Fitch reytingiga ega boʻlish kompaniyaga nima beradi?
Xalqaro sarmoyadorlar oʻz sarmoyalarining defoltga uchramasligi va keyinchalik daromad keltirishi uchun agentlik yuqori reyting bergan korxonalarga investitsiya kiritishadi. Fitch reytingni kompaniyaning qanday qarzdorlikka ega ekanligi va foiz stavkalari kabi tizimli oʻzgarishlarga qanchalik sezgirligi singari omillarga asoslanib beradi. Artel ushbu reytingni olgach, global moliya bozorlari, qarz bozorlarida teng huquqli aʼzo sifatida ishtirok eta oladi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonning bir qator yirik banklari xalqaro reyting agentliklari tomonidan turli kredit reytinglari olgan. Artel esa mahalliy ishlab chiqarish kompaniyalari orasida birinchi boʻlib bunday reytingga ega boʻldi.
Artelga 2011-yilda asos solingan boʻlib hozirgi vaqtda keng assortimentdagi maishiy texnikalar va elektr jihozlar ishlab chiqarayotgan oʻzbek kompaniyasi sanaladi. Korxona Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq ish oʻrni yaratgan. Artel oʻz mahsulotlarini MDH va Yaqin Sharq mintaqasidagi 20 dan ortiq mamlakatlarga, hatto olis Afrikadagi Tanzaniya mamlakatlariga qadar eksport qiladi. Dunyoga mashhur ishlab chiqarish brendlari Samsung hamda Viessmann kompaniyalarining hududiy hamkori sanaladi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring