Artel “M.Video-Eldorado” bilan shartnoma imzoladi

18:47 07 Iyul 2022 Iqtisodiyot
1282 0

Foto: Artel matbuot xizmati

Joriy yilning 24-iyun kuni Rossiyaning elektronika va maishiy texnika bozoridagi eng yirik chakana sotuvchilaridan biri hisoblangan “M.Video-Eldorado” guruhi boshqaruv direktori Sergey Li "Artel"ga tashrif buyurgan edi. Mehmon tashrif davomida kompaniya rahbariyati bilan hamkorlik masalalarida muzokaralar olib bordi. Bundan tashqari, mehmonlar ishlab chiqarish korxonalari bilan yaqindan tanishdi.

Muzokaralar natijasiga koʻra, "Artel" kompaniyasi “M.Video-Eldorado” bilan maishiy texnika yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi. Holodilnik.ru tijorat direktori Aleksey Pogudalovni kommersant.ruʻga bergan intervyusida "Artel" toʻgʻri strategiya orqali Rossiya bozorini 3 foizdan 5 foizgacha egallashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Iyul-avgust oylarida sovutkichlar, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar, pechkalar, changyutgichlar va konditsionerlar birinchi boʻlib sotuvga chiqariladi. Yil oxirigacha esa 16 turdagi mahsulotlarni 100 tagacha kengaytirish rejalashtirilgan.

Taʼkidlash kerakki, "Artel" kompaniyasi mahsulotlarini Oʻzbekistonning ichki bozori bilan birga MDH, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika mamlakatlariga eksport qiladi. Shu bilan birga "Artel“ ”Samsung“, ”Shivaki“, ”Viessmann" kompaniyalarining mintaqaviy hamkori hisoblanadi. (T)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер