“Arsenal” London derbisida gʻalaba qozondi
Kecha, 23-noyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 12-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda “Arsenal” klubi oʻz maydonida “Tottenhem”ni qabul qildi. Uchrashuv 4:1 hisobi bilan “toʻpchilar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gʻoliblar safida gollarga Eberechi Eze (3 ta) va Leandro Trossard mualliflik qildi. “Tottenhem”ning yagona javob goli esa Richarlison hisobiga yozildi.
Oʻyindan soʻng, “Sofascore” portali xet-trik sohibi Ezeni oʻyin qahramoni deb topdi. Futbolchining harakatlari portal tomonidan maksimal — 10 ballga loyiq koʻrildi.
Maʼlumot uchun, “Sofascore” bu mavsum APLda faqatgina “Arsenal“ning boshqa aʼzosi Yurren Timberning harakatlarini 10 ballga baholagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring