Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.

10:40 14 Fevral 2019 Jamiyat
9895 0

Rishton tumani Yangiyoʻl qishlogʻi, Yangiturmush koʻchasi 2-uyda istiqomat qiluvchi Toʻxtasinaka oʻz uyini qayta taʼmirlash va rekonstruksiya qilish jarayonida uyning eski pol ostidan noʼananaviy koʻrinishdagi hayvon qoldiqlariga duch keldi. Topilmaning suyak tuzulishini ayni zamonimizda yashayotgan va boqilayotgan yoki ilmiy kitoblarda fotosuratlari aks etgan biror bir mavjudotga qiyoslay olmagach uni telefoniga suratga tushirdi.

-Xozir yashayotgan xonadonimiz 1969 yilda markaziy Fargʻona choʻllarini oʻzlashtirish jarayonida yangi infratuzilma barpo etish uchun qurilgan,- deydi Toʻxtasin aka. Ajabtovur hayvon qoldiqlarini birorta jonzodga taxmin qila olmadim va (odatda qishloqda shunday qilinadi) qoʻshnilarni chaqirdim. Hamma har hil fikrlar, mulohazalar bildiryapti. Taxminimizcha,dinozavr suyaklarini eslatyapti bu qoldiqlar. Yana bilmadim...

Kotedjlar barpo qilinkuga qadar bu yerlar yaydoq choʻl yerlari boʻlgan. Giyoh ham oʻsmagan. Bizniki kabi xonadonlar qurilish qonun qoidalariga rioya etilmasdan, yerning qattiq qismigacha kavlanmasdan qurilavergan. Shuning uchun bu hayvon suyaklari bezarar saqlangan boʻlishi mumkin, degan fikrdaman.

Bir qarashda, dumini xisobga olmaganda,qoldiqlar kenguruni,tuyaqushni eslatadi. Oyoqlarigavdasiga nisbatan baquvvat, uzunkurinishga ega. Biroq qadimda bizning yerlarda bu hayvonlar yashamaganu? Umurtqa pogʻonasi va qovurgʻa qismi qoʻysimon hayvonlarga aloqador. Boʻyin qismi esa parrandani eslatadi.

Shu joyda asossiz taxminlarni toʻxtatayligu, bizningcha, bu noyob topilmaga mutaxassislarning koʻmagi zarurga oʻxshaydi. Arxeologlar ilmiy xulosa berishlari zarur. Kim biladi, hali bu hayvon qoldiqlari shu kungacha mavjud boʻlgan ilmiy farazlarni butunlay oʻzgartirib yuborar. Nima deysiz?!

Elyorjon EHSONOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер