Arxeologiya: faol olim va tadqiqotchilar taqdirlandi
Bugungi kunda mamlakatimizda madaniy meros obyektlari bilan bir qatorda, o‘tmishdan so‘z ochuvchi arxeologik yodgorliklarining soni ortib bormoqda. Tarixiy tepalik va arxeologiya obyektlarida qazishma ishlarini olib boruvchi arxeolog olimlarning mashaqqatli mehnatlari sharofati bilan qanchadan-qancha mamlakatimiz boy ilmiy hamda madaniy merosiga daxldor o‘tmish solnomasi qayta tiklanib bormoqda.
Yaqinda Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev ishtirokida Samarqand arxeologiya institutida soha xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda arxeolog olimlar tomonidan keyingi yillarda ushbu yo‘nalishga berilayotgan katta e’tibor tufayli bir qancha yangi yodgorliklar kashf etilgani va bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Tadbir so‘nggida Agentlik rahbariyati Xalqaro arxeologlar kuni munosabati bilan institut xodimlarini samimiy qutlab, yurtimiz arxeologiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan bir guruh olim va tadqiqotchilarni faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring