Aripov va Medvedev Oʻzbekistonda AES qurish haqidagi kelishuvni imzoladi


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Oʻzbekistonda tinch maqsadlarda foydalanish uchun atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik qilish boʻyicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi. Bu haqda “РИА Новости” nashri xabar tarqatdi.
Kelishuvni imzolash marosimi Rossiya va Oʻzbekistonning iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasi majlisi yakunlari boʻyicha Rossiya hukumati Qabullar uyida boʻlib oʻtdi.
Kelishuv Oʻzbekiston hududida atom elektr stansiyasini loyihalashtirish va qurish, shuningdek, ishga tushirish va foydalanishda hamkorlikni koʻzda tutadi. Atom elektr stansiyasi Rossiya loyihasi boʻyicha energetik reaktor asosidagi har birining quvvati 1,2 GVt boʻlgan ikki energoblokdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring