Argentinaliklar “Copa America” chempioni boʻlgach fransuzlarni haqorat qilib qoʻshiq kuylashdi. Holatni FIFA oʻrganmoqda (video)

11:49 17 Iyul 2024 Dunyo
322 0

Foto: Goal.com

Argentina “Copa America” chempioni boʻlgach, terma jamoa futbolchilari avtobusda Fransiyaning qora tanli futbolchilariga nisbatan irqchilik kayfiyatidagi qoʻshiq kuylashdi. Unda shunday deyiladi: “Ular Fransiyada oʻynashadi. Lekin Angoladan kelishgan. Onalari nigeriyalik. Otalari kamerunlik. Pasportidagina fransiyalik”.

Fransiya futbol federatsiyasi Argentina terma jamoasi ustidan FIFAga shikoyat joʻnatdi. Federatsiya prezidenti Filipp Diallo ushbu holatni keskin qoralab, jahon futboli mutasaddilarini chora koʻrishga chaqirdi.

Ushbu qoʻshiq aks etgan video argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandesning “Instagram”idagi jonli efir paytida kuylangan. Birozdan keyin futbolchi efirni uzib qoʻydi, lekin video tarqalib ketdi.

Keyinchalik Fernandes uzr soʻradi.

“Qoʻshiq juda haqoratli edi va oʻzimni oqlash uchun biror vaj keltira olmayman. Men har qanday koʻrinishdagi kamsitishlarga qarshiman va «Copa America” gʻalabasini nishonlash eyforiyasiga tushib qolganim uchun uzr soʻrayman», deydi futbolchi. Uning qoʻshimcha qilishicha, video uning eʼtiqodi yoki xarakterini aks ettirmaydi.

FIFA ushbu holatni oʻrganib chiqmoqda. Hozircha tashkilotning qandaydir chora koʻrishi nomaʼlum. Ammo Enso Fernandesning klubi — “Chelsi” bu masalani jiddiy koʻrib chiqyapti. Jamoa rahbariyati hattoki Ensoni jamoadan chetlatishi ham mumkin.

Fernandesning “Chelsi”dagi jamoadoshi, Fransiyalik himoyachi Uesli Fofana ijtimoiy tarmoqlarda voqeani tanqid qildi. U shu oʻrinda “2024-yilda futbol: cheklanmagan irqchilik”, degan qoʻshiqni eslatib oʻtdi. Irqchilikka qarshi kurash assotsiatsiyasi argentinaliklarni qoʻshigʻini “oʻta oʻng ideologiyaning ifodasi”, deb atadi va FIFAni chora koʻrishga chaqirdi.

“Faqatgina hayron qolish mumkin, nega Amerika kubogidagi gʻoliblikdan soʻng Argentina Fransiyani eslab, haqoratlab mazza qilyapti”, deb yozdi oʻzbekistonlik sport jurnalisti Davron Fayziyev.

Avvalroq, “Copa America”da Argentina chempion boʻlgani haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер