Arab shayxlari yangi boks ligasini tashkil etmoqchi
Illyustrativ foto
Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamgʻarmasi yangi global boks ligasini tashkil etish masalasini muhokama qilmoqda.
Bu sport nufuzini oshirish va mintaqada boksning tobora ommalashib borayotganidan foydalanishga qaratilgan.
Xalqaro iqtisodchilarga koʻra, tashabbus Saudiya Arabistonining oʻz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va xalqaro sportdagi ishtirokini oshirish boʻyicha olib borayotgan saʼy-harakatlarini aks ettiradi.
Davlat investitsiya jamgʻarmasining sport ligalariga sarmoya kiritishi «Vision 2030» dasturining bir qismi boʻlib, mamlakatning neftga qaramligini kamaytirishga qaratilgan.
Soʻnggi yillarda Saudiya Arabistoni bir necha marta yuqori darajadagi boks musobaqalarini qabul qildi.
Yangi liga Saudiya Arabistonini global boks sahnasida asosiy davlatlardan sifatidagi obroʻsini yanada mustahkamlashi mumkin. U isteʼdodlarni kashf etishi, yirik promouterlarini jalb qilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring