Ar-Riyodda Rossiya va AQSH 12 soat muzokara oʻtkazdi. Tomonlar nimalarga kelishdi?

Illyustrativ foto
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Rossiya va AQSH delegatsiyasi Ukraina masalasida navbatdagi muzokaralarni oʻtkazdi. OAV vositalari xabarlariga koʻra, muloqot 12 soatdan koʻproq vaqt davom etgan. Bu haqda “RIA Novosti” agentligining Kreml puli jurnalistlarining Telegram-kanalida xabar berildi.
Avvalroq, TASS agentligi Rossiya — AQSH delegatsiyalarining Ar-Riyoddagi muzokaralari tomonlar qoʻshma bayonot matni boʻyicha kelishib olganidan keyin yakunlanishi haqida xabar bergan edi.
Rossiya tomonidan muzokaralar stolida Federatsiya Kengashining xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi raisi Grigoriy Karasin va Federal xavfsizlik xizmati direktori maslahatchisi Sergey Beseda ishtirok etdi.
Uchrashuvda AQSH tomonidan Davlat departamentining siyosatni rejalashtirish boʻyicha direktori Maykl Anton, shuningdek, Ukraina boʻyicha maxsus elchining yordamchilari Keyt Kellog va milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Mayk Uolts qatnashdi.
Bir kun avval senator Grigoriy Karasin Rossiya delegatsiyasi “oldinga borish”ga umid qilayotganini va Rossiya Federatsiyasida Moskva “toʻgʻridan-toʻgʻri ishlamoqchi” boʻlgan masala borligini aytgandi.
Avval sulh, keyin...
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni faqat oʻt ochishni toʻxtatishdan keyin muhokama qilish mumkin boʻladi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti rasmiy vakili Temmi Bryus maʼlum qildi.
“Bizni [tinchlik sari] olib boradigan yagona narsa bu boʻlib oʻtayotgan muzokaralar, hozir Saudiya Arabistonida boʻlayotgan texnik muhokamalar, prezidentlar oʻrtasidagi, diplomatik suhbatlardir. Biz ertangi kun haqida gaplashganda faqat shu haqda oʻylaymiz», deydi u.
Uning soʻzlariga koʻra, ayni damda AQSH va Rossiya vakillari savdo faoliyatini tiklash maqsadida Qora dengizda moratoriy joriy etish masalasini muhokama qilmoqda.
“Ukraina mojarosining hududiy va boshqa masalalari muhokama qilinyaptimi?”, degan savolga Bryus tomonlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar sulh oʻrnatilgandan keyin muhokama qilinishini aytdi.
“Toʻliq otashkesim mavjud boʻlganda, biz kelishmovchiliklar va barqaror tinchlikka erishish uchun nima boʻlishini muhokama qilishimiz mumkin”, deydi u.
Bryusning taʼkidlashicha, hozirgi maʼmuriyatning yondashuvi AQSHning avvalgi rahbariyatidan farq qilgani uchun koʻp muhokama va munozaralar davom etmoqda.
“Biz qilmoqchi boʻlgan ishimizning mohiyati, oldimizda turgan narsa — mintaqada tinchlik oʻrnatish boʻyicha muzokaralar. Prezident va Davlat kotibi aynan shu narsaga eʼtibor qaratmoqda”, — deydi u.
Zelenskiy qanday munosabatda?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ar-Riyoddagi Rossiya va AQSH oʻrtasidagi muzokaralar haqida fikr bildirdi. Bu haqda u oʻzining Telegram kanalida eʼlon qilingan videomurojaatida aytib oʻtdi.
U oʻz nutqida Moskva vakillarini “urush jamoasi” deb atadi, biroq Vashingtonni Rossiya bilan muzokaralar uchun qoralamadi.
“Kecha AQSH jamoasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bugun AQSH vakillari urush jamoasi bilan — Rossiya vakillari bilan suhbatlashdi. Shundan soʻng Ukraina va Amerika jamoalari oʻrtasida yana bir uchrashuv boʻlib oʻtadi», — dedi u.
Avvalroq, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi mojaroni hal qilish haqida gapirib, “Bu urushni harbiy yoʻl bilan toʻxtatib boʻlmaydi, uni muzokaralar yoʻli bilan tugatish kerak”, degandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring