AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga tashrif buyurdi
AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi tibbiy attashesi Meri Baxtel, mintaqaviy tibbiy vakil R.Kaxatapitiya va tibbiy maslahatchi R.Gubaydullin Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi rahbariyati bilan uchrashdi.
Suhbatda muassasada AQSH elchixonasi tomonidan oʻn yillar davomida qator tashriflar, maʼruzalar va maslahatlar amalga oshirilgani, RSHTYOIMga 30 tonnadan ortiq gumanitar yordam va tibbiy buyumlar berilgani alohida taʼkidlandi.
Lavozimga yaqinda tayinlangan tibbiy attashe pandemiya tufayli biroz susaygan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida fikr bildirib oʻtdi.
Uchrashuvda RSHTYOIMda tashkil etilgan mutaxassislarni oʻqitish jarayonini yanada takomillashtirish uchun sarflov vositalari va tibbiy-koʻrgazma va oʻquv vositalari hadya qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring