AQSHning yetakchi sanʼat muzeyi Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi
Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov Simmerli nomidagi Amerika sanʼat muzeyi direktori Donna Gustafson bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Nukus shahridagi Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi va Simmerli nomidagi muzey oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, AQSH muzeyi hududida oʻzbek kolleksiyalarining koʻrgazmasini tashkil etish, shuningdek, koʻrgazmalarni tashkil etish boʻyicha kuratorlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻrtasida tajriba almashinuvi masalalarini muhokama qildi.
Simmerli nomidagi sanʼat muzeyi Ratgersk (Nyu-Jersi) universiteti hududida joylashgan. U mamlakatdagi eng yirik hamda mashhur muzeylardan biri hisoblanadi. Muzey kolleksiyasidagi qadimiy va zamonaviy sanʼatga doir 60 ming buyum, xususan, XIX asrga oid fransuz sanʼatining boy toʻplamlari, rus va sovet nokonformizm namunalari saqlanadi. Muzey 6,5 ming kvadrat metr maydonda joylashgan.
Ratgersk universiteti jahondagi 300 ta eng yaxshi universitetlardan biri hisoblanadi. AQSHdagi eng qadimgi oliy taʼlim muassasasi hisoblangan mazkur universitetda bugungi kunda turli davlatlardan kelgan 60 mingga yaqin talaba 100 dan ortiq bakalavriat va 180 ta magistratura dasturlarida taʼlim olmoqda.
Muzokaralar chogʻida Donna Gustafson Saviskiy muzeyi badiiy olamning noyob muassasalaridan biri ekanini, uning toʻplamlari dunyoning eng yaxshi kolleksiyalari bilan raqobatlashishi mumkinligini taʼkidladi.
Yaqin kelajakda Saviskiy va Simmerli muzeylari rahbarlari darajasida kelgusida oʻzaro manfaatli hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilish uchun muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring