AQSHdagi “Ziyo Art” oʻzbek tili markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Nyu-York shahridagi “Mahalla USA” vatandoshlar jamoat uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi bilan birgalikda jamiyat huzuridagi “Ziyo Art” oʻzbek tili markazining yangi binosining ochilish marosimi tashkil etildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil Oʻzbekistonda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”, deb eʼlon qilingani mamlakatimizda qolaversa, xorijdagi yoshlarga boʻlgan eʼtiborning yana bir ifodasidir. “Ziyo Art” oʻquv markazi “Mahalla USA” vatandosh jamoat uyushmasi huzurida 2020-yil sentyabr oyida tashkil etilgan. Markaz faoliyati AQSHdagi vatandoshlarning farzandlariga oʻzbek tili va adabiyotini oʻrgatish, ularning tarbiyasida milliy qadriyatlarning roli va ahamiyatini oshirishga qaratilgan.
Oʻquv markazida 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻzbek tili va adabiyoti, odobnoma, kompyuter savodxonligi darslari, tasviriy sanʼat, matematika fanlaridan darslar, shuningdek, shaxmat, sambo va kurash kabi sport turlarida toʻgaraklar yoʻlga qoʻyilgan.
Mashgʻulotlar shanba va yakshanba kunlari tanlov asosida tanlangan malakali oʻqituvchilar tomonidan, Oʻzbekistondan olib kelingan oʻquv adabiyotlaridan foydalangan holda olib boriladi.
Oʻquv markazining yangi binosi mashgʻulotlar uchun moʻljallangan 10ta xonadan iborat boʻlib, umumiy maydoni 500 kvadrat metrni tashkil qiladi. Hozirgi kunda markazda oyiga 120-150 nafar bolalar tahsil olmoqda.
Markaz yangi binosining ochilish marosimida soʻzga chiqqan “Mahalla USA” uyushmasi rahbari Abdumalik Axmedov tadbir 9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kunda ochilayotganiga eʼtibor qaratdi.
“Markazning asosiy maqsadi oʻsib kelayotgan yosh avlodga, farzandlarimizga ona yurtga muhabbat, hurmat va sadoqat tuygʻularini shakllantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qadriyatlarimizni, milliy oʻzligimizni saqlab qolish, ularga sifatli taʼlim-tarbiya berish va keng imkoniyatlar yaratishdan iborat”, dedi u.
“Mahalla USA” yetakchisi, shuningdek, Oʻzbekiston hukumati tomonidan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtiborni yuqori baholadi.
Ochilish marosimida Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari, kongressmenlar, Nyu-York shahri senatorlari, mahalliy hokimiyat vakillari, faol vatandoshlar va mahalliy OAV vakillari qatnashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring