AQSHdagi otishmada oʻzbekistonlik talaba yigit halok boʻldi
AQSHning Rod-Aylend shtati, Providens shahrida joylashgan Braun universiteti hududida sodir boʻlgan fojiali otishma oqibatida oʻzbekistonlik talaba Muhammadaziz Umurzoqov halok boʻldi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burxonov mazkur xabarni tasdiqlab, marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
“Mazkur fojia natijasida begunoh insonlarning hayotdan koʻz yumgani barchamiz uchun ogʻir yoʻqotishdir”, deb yozadi u.
Burxonovning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekistonning AQSHdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada boʻlib, AQSHning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib bormoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, otishma 13-dekabr kuni tushdan keyin universitet hududidagi “Barus & Holley” muhandislik binosida, yakuniy imtihonlar oʻtkazilayotgan paytda sodir boʻlgan. Hodisadan soʻng kampusda “shelter-in-place”, yaʼni binolarni tark etmaslik tartibi joriy etilgan.
Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida hududga yuzlab huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jalb etilgan va keng koʻlamli qidiruv ishlari olib borilgan.
14-dekabr tongida politsiya ushbu hodisa boʻyicha “ahamiyatli maʼlumotga ega boʻlishi mumkin” deb baholanayotgan shaxs qoʻlga olingan. U hozirda “person of interest” sifatida soʻroq qilinmoqda. Ayni paytda ushbu shaxsga nisbatan rasman ayblov eʼlon qilingani haqida maʼlumot yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring