AQSHda yangi qochqinlar qabul qilishga limit joriy etilishi mumkin
Foto: Reuters
Reuters yozishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati 2026-yildan boshlab mamlakatga qabul qilinadigan yangi qochqinlar sonini yillik 40 ming nafar bilan cheklashi mumkin.
Maʼlumotga koʻra, xizmat maktubida mahalliy hokimiyatlarga ushbu raqamni asos qilib olish tavsiya etilgan.
Limitdan 30 mingtagacha oʻrin Janubiy Afrika Respublikasidan kelayotgan oq tanli aholi uchun ajratilishi mumkin. Tramp maʼmuriyati ushbu toifani ustuvor deb hisoblamoqda. Shuningdek, ayrim afgʻonistonliklar hamda ehtimoliy tarzda ukrainaliklarni qabul qilish rejasi bor.
Agar ustuvor toifalar ajratilgan oʻrinlarni toʻldirmasa, ularga boshqa mamlakat fuqarolari ham daʼvogar boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring