AQSHda Ukraina Rossiya bilan mojaroda magʻlub boʻlishi maʼlum qilindi

02:17 23 Noyabr 2023 Dunyo
295 0

Foto: Reuters

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq tahlilchisi Larri Jonsonning aytishicha, Ukraina Rossiya bilan ziddiyatda yutqazadi.

Ukraina Rossiya bilan toʻqnashuvda magʻlub boʻladi. Bu haqda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Larri Jonson maʼlum qildi.

“Jang maydonida Rossiya barqaror ravishda olgʻa siljib, Ukraina harbiylarining katta qismini yoʻq qilmoqda. Bu vaqt masalasi, ular yutqazishdi (...) ular bu haqda hali bilishmaydi”, deydi Jonson.

Jonsonning taʼkidlashicha, AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati endi Kiyev rejimini moliyalashtira olmaydi va yangi qurol-yarogʻlarni hozir Ukraina emas, Isroil qabul qilmoqda. Bundan tashqari, ekspertning fikricha, AQSH Rossiyaga oʻz shartlari asosida muzokara boshlash uchun hech qanday taʼsir kuchiga ega emas.

Avvalroq, sobiq tahlilchi rossiyalik harbiylar Ukraina Qurolli kuchlariga katta yoʻqotishlar keltirayotganini aytgandi. Uning qoʻshimcha qilishicha, ukrainaliklar doimiy ravishda oʻz boʻlinmalarini toʻldirishga majbur boʻlmoqdalar, ularning baʼzilari shaxsiy tarkibining 80 foizigacha boy bergan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер