AQSHda oʻzbekistonlik erkak oʻz onasi, kelinoyisi va ikki jiyanini oʻldirgani aytilmoqda

14:12 21 Iyul 2024 Jamiyat
625 0

Illyustrativ foto

AQSHda 24 yoshli oʻzbekistonlik erkak oilaning toʻrt nafar aʼzosioʻz onasi, akasining rafiqasi va ularning ikki kichik farzandini oʻldirganlikda gumonlanib qoʻlga olindi. Bu haqda CBS xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, voqea 19-iyul, juma kuni kechga yaqin Nyu-Yorkning Bruklin shahridagi uylarning birida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni tunda gumonlanuvchining akasi uyga kelganida, xonadon ichida xotini, ikki yosh bolasi va onasini pichoq bilan jarohatlangan holda koʻrgan, soʻngra politsiyaga qoʻngʻiroq qilgan.

Qayd etilishicha, gumondor onasining jasadini koʻrpaga oʻrab, bolalarning jasadlarini esa kir yuvish savatiga solib, shkafga yashirgan.

Qurbonlar:

  • Mavluda Fayziyeva (56 yosh);
  • Maftuna Hakimova (27 yosh);
  • Kamila Shavkatova (5 yosh);
  • Timur Shavkatov (4 yosh) ekani aniqlangan.

Maʼlumotlarga koʻra, oila AQSHga 2007-yilda kelgan. Ular soʻnggi 10-yil davomida Bruklindagi xonadonda yashagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер