AQSHda nomaʼlum shaxs odamlarni oʻqqa tutdi. Qurbonlar bor

13:28 22 Iyul 2024 Dunyo
382 0

Arxiv foto

AQSHning Missisipi shtati Indianola shahrida nomaʼlum shaxs odamlarni oʻqqa tutdi. Oqibatda uch kishi halok boʻldi, yana 16 kishi yaralandi. Bu haqda WTVA telekanali mahalliy politsiyaga tayanib xabar bermoqda.

«Indianoladagi ommaviy otishmada uch kishi halok boʻldi, yana koʻp kishi jarohatlandi… Politsiyaning aytishicha, otishma oqibatida 16 kishi yaralangan», — deyiladi xabarda.

OAV maʼlumotlariga koʻra, halok boʻlganlarning barchasi 19 yoshda boʻlgan. Politsiya guvohlarni soʻroq qilmoqda va otishma sodir etgan shaxsni qidirmoqda.

Avvalroq, AQSH prezidenti Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanini maʼlum qilgani haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер