AQSHda konservativ faol Charli Kirk otib oʻldirildi: Tramp bayroqlarni tushurishni buyurdi
AQSHda mashhur konservativ faol va Turning Point USA tashkiloti ijrochi direktori Charli Kirk suiqasd oqibatida vafot etdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp xabar berdi.
“Ulugʻ va hatto afsonaviy Charli Kirk endi orimizda yoʻq. AQSH yoshlarini undan koʻra yaxshiroq tushunadigan va ularga hamdard boʻladigan odam yoʻq edi. Uni barcha yaxshi koʻrardi va hurmat qilardi, ayniqsa men. Melaniya bilan birga uning rafiqasi Erika va oilasiga chuqur taʼziya izhor qilamiz. Charli, biz seni sevamiz”, — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.
Prezident shu munosabat bilan mamlakat bayroqlarini 14-sentyabr kechga qadar tushurishni buyurdi.
Maʼlumotlarga koʻra, suiqasd Kirkning Yuta vodiysi universitetidagi chiqishi vaqtida sodir boʻlgan. U boʻyin qismidan ogʻir jarohat olib, shifoxonaga ogʻir holatda yetkazilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan.
Avval boshda ijtimoiy tarmoqlarda qariya kishining qoʻlga olingani haqida kadrlar tarqalgan. Universitet esa gumonlanuvchi qoʻlga olinganini bildirgan edi. Biroz vaqt oʻtib, ushbu shaxs hujumchi emasligi maʼlum qilindi. Hozircha jinoyatchi topilmagan.
Charli Kirk 31 yoshda edi. 2012-yili u biznesmen va huquq faoli Bill Montgomeri bilan birgalikda Turning Point USAga asos solgan. Tashkilot talabalar orasida konservativ gʻoyalar, erkin bozor, hukumatning chegaralangan vakolatlari va “anʼanaviy qadriyatlar”ni targʻib qilib kelardi. Shuningdek, Kirk oʻzining radioshousini ham olib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring