AQSHda Falastinni qoʻllab-quvvatlagan talabalar vizasidan ayrilishi mumkin
Donald Tramp maʼmuriyati AQSHda oʻqishni rejalashtirayotgan xorijlik talabalar uchun yangi viza intervyularini tayinlashni vaqtincha toʻxtatdi. Bu haqda “Politico” nashri xabar qildi.
Unga koʻra, Qoʻshma Shtatlarning barcha elchixonalari va konsulliklariga yangi koʻrsatmalar chiqmaguncha F, M va J turdagi vizalar uchun yangi muddatlarni belgilamaslik haqida koʻrsatma berilgan, ammo ilgari rejalashtirilganlari oʻz vaqtida oʻtkaziladi.
Bu qaror talabalar ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi asosida yanada chuqurroq tekshiruv joriy etilishi arafasida qabul qilindi. Hozirda Falastinni qoʻllab-quvvatlagan talabalarni vizasidan mahrum etish va ayrim universitetlarga bosim oʻtkazish ham kuchaygan. Ushbu harakatlar jamoatchilikda soʻz erkinligiga tahdid sifatida baholanmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, tashabbus kuzgi qabulni xavf ostiga qoʻyishi mumkin. Shuningdek, aynan qaysi postlar yoki harakatlar rad etishga sabab boʻlishi hozircha nomaʼlum.
“Konsullik xodimlari «Instagram”, “X”, “TikTok” kabi platformalardagi postlar, ulashilgan kontent va izohlarni milliy xavfsizlikka tahdid deb baholashi mumkin boʻlgan materiallar uchun koʻrib chiqadi. Bu esa Tramp maʼmuriyatining antisemitizmga qarshi kurashish siyosati bilan ham bogʻlangan», deb yozadi nashr.
Holat viza arizalarini koʻrib chiqish muddatlarini choʻzib yuborishi va universitetlar faoliyatiga ham moliyaviy jihatdan salbiy taʼsir qiladi, chunki xorijiy talabalar ularning daromadlarining sezilarli qismini tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring