AQSH Yaqin Sharqqa suvosti kemalarini joʻnatmoqda
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqaatom suvosti kemasini joʻnatib, tezroq yetib borishga buyruq berdi. Shuningdek, u “Abraham Lincoln” samolyotlar tashuvchi kemasini yoʻnaltirishni tezlashtirishga chaqirgan. Samolyot bortida F-35 va F/A-18 qiruvchi samolyotlari borligi maʼlum. Bu harakat HAMAS va “Hizbulloh” yetakchilarining oʻldirilishidan soʻng Eronning javobidan xavotirlar fonida amalga oshirildi.
Avvalroq Pentagon Isroilni himoya qilish uchun mumkin boʻlgan barcha choralar koʻrilishi va mintaqaviy ziddiyatning kuchayishi munosabati bilan Yaqin Sharqda harbiy pozitsiyalarini kuchaytirishini taʼkidlagan edi.
AQSH harbiylarining ijtimoiy tarmoqlardagi postiga koʻra, USS Georgia atom suvosti kemasi iyul oyida Oʻrta yer dengizida boʻlgan, biroq suv osti kemasi joylashtirilgani ochiq eʼlon qilinmagan.
Shuningdek, Vashington Isroil mudofaasini Eronning ehtimoliy hujumidan kuchaytirishga intilayotgani sababli, AQSH harbiylari Yaqin Sharqqa qoʻshimcha qiruvchi samolyotlar va harbiy kemalarni joylashtirishini allaqachon maʼlum qilgan edi.
Pentagonning qoʻshimcha qilishicha, Ostin va Gallant fuqarolarga yetkazilgan zararni yumshatish, oʻt ochishni toʻxtatishga erishish va Gʻazoda garovga olinganlarni ozod qilish muhimligini ham muhokama qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring