AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Foto: Associated Press
Vashington Ukrainadagi mojaroga barham berish va tinchlikni taʼminlash rejasining asosiy elementi uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash boʻlishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken maʼlum qildi.
Shu oʻrinda u bunday tamoyilga ustuvor ahamiyat qaratmaydigan strategiyani “vaqtni behuda sarflash taktikasi” deb atadi.
“Bu konstruktiv diplomatiya emas. Rossiya qoʻshinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketishni oʻz ichiga olmaydigan oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi chaqiriq, mohiyatan Rossiya yutuqlarini «ratifikatsiya qilish”ni qoʻllab-quvvatlaydi», - deya qoʻshimcha qildi Amerika diplomatiyasi rahbari.
Avvalroq, Blinken Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga 350 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etishini aytgan edi.
U “HIMARS” uchun yangi oʻq-dorilar, gaubitsalar va “Bradley” piyoda askarlar uchun jangovar mashinalari, “HARM” raketalari, tankka qarshi qurollar va daryo qayiqlarini oʻz ichiga oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring