AQSH tinchini yoʻqotdi: Eron Afrika uraniga ega boʻlmoqchi
Foto: Newsweek
Eron yadro dasturini yanada kengaytirishni maqsad qilib, Gʻarbiy Afrikadan uran olishga intilmoqda. Bu harakat AQSH va boshqa Gʻarb davlatlarida xavotir uygʻotgan. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Yadro qurollarini nazorat qilish uchun turli saʼy-harakatlarga qaramay, Eron dunyodagi eng ilgʻor yadroviy dasturlaridan birini saqlab kelmoqda. Oxirgi xabarlar mamlakatning yadroviy faoliyati jadallashib borayotganidan dalolat beradi.
Nigerdagi vaziyat ham bu tashvishlarga sabab boʻlyapti. 2023-yil iyuldagi harbiy toʻntarishdan soʻng, Rossiyaning Vagner guruhi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan yangi rahbariyat Rossiya va Eron bilan yaqinlik koʻrsatdi.
Iyun oyida Eron uranni yangi ilgʻor sentrifugalarda boyitishni boshladi. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Eron hech qachon yadroviy qurol ishlab chiqmasligini taʼkidlab, mamlakatning yadroviy faoliyatini toʻxtatishga chaqirgan.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken oʻtgan hafta Eronga qarshi yangi sanksiyalarni eʼlon qilgandi. Uning taʼkidlashicha, Tehronning yadroviy dasturini kengaytirish borasidagi harakatlari juda katta xavfni yuzaga keltiradi.
Avvalroq AQSH Yevropadagi yadro qurollarini faol yangilayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring